02 okt 08:00
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan barcha o'zbekistonlik sportchilarning natijalari bitta sahifada (LIVE)
Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.
9:00. Erkin kurash. Bobur Islomov qirg'izistonlik raqibiga 2:10 hisobida yutqazdi.
8:58. Dzyudo. Muzaffarbek To'raboev ham yarim finalda! Janubiy Koreya vakili ippon evaziga mag'lub etildi.
8:49. Ayollar kurashida esa Sevinch Polvonova yaponiyalik raqibasiga 0:19 hisobida mag'lub bo'ldi.
8:46. Umida Nigmatova yaponiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
8:35. Dzyudo. Ernazar Sarsenbaev qozog'istonlik raqibidan ustun kelib, yarim finalga chiqdi.
8:30. Erkin kurash. Hasanboy Rahimov qozog'istonlik sportchiga 4:14 hisobida mag'lub bo'ldi.
8:23. Dzyudo. Barchinoy Qodirova yaponiyalik raqibasiga mag'lub bo'ldi.
8:18. Dzyudo. Nurbek Murtozoev eronlik raqibidan ustun kelib, yarim finalga yo'l oldi.
8:15. Regbichilarimiz Malayziyaga 0:22 hisobida yutqazishdi.
8:12. Slalomda eshkak eshish. Jonibek Temirgaliev saralashni muvaffaqiyatli boshladi. U ikkinchi natija bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.
8:08. Erkin kurash. Umidjon Jalolov afsuski KXDR vakiliga mag'lub bo'ldi. Agar koreyalik sportchi finalga qadar etib borsa, Jalolovda bronza uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ladi.
7:59. Ayollar kurashi. Aktenge Keunimjaeva vetnamlik raqibasidan ustun kelib, yarim finalga chiqdi.
7:55. Muzaffarbek To'raboev tojikistonlik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi.
7:33. Dzyudo. Ernazar Sarsenbaev ham g'alaba bilan boshladi. Tailand vakili ippon evaziga mag'lub etildi.
7:30. Dzyudo. Barchinoy Qodirova bangladeshlik raqibasidan ippon evaziga ustun keldi.
7:12. Dzyudo. Nurbek Murtozoev tojikistonlik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi.
7:10. Erkin kurash. Bobur Islomov Nepal vakilidan 10:0 hisobida ustun keldi.
6:45. Ayollar kurashi. Aktenge Keunimjaeva SHri-Lanka vakilasini 5:0 hisobida mag'lub etdi.
6:30. Virtual taekvondo. Jaysunov eronlik raqibiga 0:2 hisobida yutqazdi.
Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
(Toshkent vaqti bilan)
5:00 - Regbi, erkaklar - O'zbekiston - Malayziya
5:20 - Taekvondo, miks, virtual, saralash va final - Jasurbek Jaysunov
6:00 - Velosport, skretch, saralash va final - Nafosat Qozieva
6:40 - Ayollar kurashi, saralash va final - Aktenge Keunimjaeva
7:00 - Dzyudo, saralash va final - Nurbek Murtozoev
7:05 - Erkin kurash, saralash va final - Bobur Islomov
7:30 - Dzyudo, saralash va final - Barchinoy Qodirova
7:30 - Slalomda eshkak eshish, qayiq, saralash va final - Jonibek Temirgaliev
7:45 - Dzyudo, saralash va final - Ernazar Sarsenbaev
7:50 - Erkin kurash, saralash va final - Umidjon Jalolov
8:00 - Dzyudo, saralash va final - Muzaffarbek To'raboev
8:20 - Ayollar kurashi, saralash va final - Sevinchoy Polvonova
8:25 - Erkin kurash, saralash va final - Hasanboy Rahimov
9:00 - Voleybol, erkaklar - O'zbekiston - Filippin
9:55 - Taekvondo, saralash va final - Asadbek Samandarov
10:15 - Boks, final - To'rabek Habibullaev - Xan Syuechjen (Xitoy)
10:30 - Tennis, yarim final - Humoyun Sultonov - Koulmen Vong (Gonkong)
10:45 - Taekvondo, saralash va final - Ozoda Sobirjonova
11:30 - Taekondo, saralash va final - Jasurbek Jaysunov
14:00 - Boks, final - Abdumalik Xalokov - Jang Dongvan (Janubiy Koreya)
14:00 - Badiiy gimnastika, saralash, jamoaviy - O'zbekiston terma jamoasi
14:30 - Boks, final - Jahongir Zokirov - Aybek Oralbay (Qozog'iston)
Fikrlar