01 okt 11:11
Yangiliklar
Terens Krouford boksga qaytish-qaytmasligi haqidagi savolga qatiy javob berdi
— Rostdan ham sportni tark etdingizmi yoki qaytishni rejalashtiryapsizmi?
— Men kareramni yakunlaganimni aytdim-ku. Nima uchun hamma X ijtimoiy tarmog'idagi postiimni shuncha muhokama qilayotganini tushunmayman. Men faqat bir narsani tekshirib ko'rmoqchi ekanimni aytdim. Lekin kutgan natijamni ko'rmadim.
— Demak, Jaron Ennis bilan jang qilishni istamaysizmi?
— "Istamayman" degani nima?
— Balki sportga qaytish haqida o'ylayotgandirsiz?
— Yo'q, umuman bunday fikrim yo'q. Go'yoki men hali ham faoliyatimni davom ettirayotgandek yoki kim bilandir jang qilishdan qochayotgandek taassurot uyg'otilyapti. Aslo unday emas.
— Agar katta gonorar taklif qilishsa-chi?
— Yana bir bor takrorlayman: men kareramni yakunlaganman, — dedi Krouford Complex nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar