06 okt 18:20
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining o'n uchinchi kunida 4 ta medal qo'lga kiritdik
Kun davomida vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Sovrindorlar:
Oltin:
O'zbekiston terma jamoasi (Badiiy gimnastika)
Kumush:
Anvar Klevleev (Slalomda eshkak eshish)
Akbar Jo'raev (Og'ir atletika)
Bronza:
Ruslan Nurudinov (Og'ir atletika)
- - - - -
Ushbu sahifa orqali kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.
SHu tariqa, o'zbekistonlik sportchilarning bugungi chiqishidan matnli translyaciyamiz o'z yakuniga etdi.
18:00. Og'ir atletika. Rigina Adashboeva dast ko'tarishni 106 kg, siltab ko'tarishni 127 kg, umumiy hisobda 233 kg natija bilan 4-o'rinda yakunladi
17:35. OLTINNNN! Badiiy gimnastika. Tahmina Ikromova, Vilana Savadyan va Evelina Atalyancdan iborat terma jamoamiz halqa, to'p, bulava hamda tasmadagi mashqlar orqali umumiy 324.800 ochko jamg'arib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va delegaciyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etdi!
16:55. SHaxmat. Erkaklar terma jamoamiz 8-turda Qozog'istonni 3.5:0.5 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, ayollar terma jamoamiz Mo'g'ulistonni 2.5:1.5 hisobida dog'da qoldirdi.
16:45. Og'ir atletika. Rigina Adashboeva dast ko'tarish bahslarida 106 kg natija qayd etdi. Birozdan so'ng, siltab ko'tarish bahslari ham start oladi.
14:35. Ot sporti. Finalda qatnashgan Bekzod Qurbonov va Xurshidbek Olimjonov o'z chiqishlarini tugatishdi. Bekzod 16, Xurshidbek esa 19-o'rin bilan finalni yakunlashdi.
14:25. Raqs sporti. Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda Jamol Asadullaev 684 ball bilan to'qqizinchi, Talgat SHerov esa 618.80 ball bilan o'ninchi natijani qayd etdi. Ayollar o'rtasidagi bahslarda esa Asal "Littos" Saparbaeva 467.50 ochko bilan o'n ettinchi bo'ldi.
13:58. Futbol. Ayollar terma jamoamiz bronza medali uchun kechgan bahsda mezbon Xitoyga 0:7 hisobida mag'lub bo'ldi va Osiyo o'yinlarini to'rtinchi o'rinda yakunladi.
13:25. KUMUSH va BRONZA! Akbar Jo'raev dast ko'tarish va siltab ko'tarish yakuniga ko'ra 417 kg tosh ko'tarib, kumush medalni qo'lga kiritdi. Ruslan Nurudinov esa 391 kg natija bilan bronza medalini qo'lga kiritdi. Oltin medal 418 kg tosh ko'targan xitoylik sportchiga nasib etdi.
13:01. Anvar Klevleev yakunda Osiyo o'yinlarining kumush medali bilan, xitoylik sportchi esa oltin medal bilan taqdirlandi.
12:49. Og'ir atletika. Dast ko'tarish bahslari yakunlandi. Akbar Jo'raev 189 kg, Ruslan Nurudinov esa 175 kg natija qayd etdi. Akbar Jo'raev dast ko'tarish bahslari yakuniga ko'ra, peshqadam bo'lib turibdi.
12:45. Sinxron suzish bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari Diana Onkes hamda Ziyodaxon Toshxo'jaeva umumiy 190.6966 ball jamg'ardi va 10 ta terma jamoa orasida ettinchi natijani qayd etdi.
12:00. O'zbekistondan oltin medal tortib olinmoqda. Slalomchimiz Anvar Klevleev oltin medalni qo'lga kiritgani haqida xabar bergandik. Biroq, yakunda hakamlar xitoylik sportchining ballarini ko'tarib qo'yishdi. Yani u xato qilmagan deb hisoblashdi va u Anvardan oldinga o'tib ketdi. O'zbekiston vakillari esa bunga appelyaciya berishgan. Kutamiz!
11:58. Karate. Zulhumor Tursunalieva nimchorak final bosqichida filippinlik Jeymi Kristine Lim bilan jang qildi va 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
11:23. OLTINNNN! Anvar Klevleev slalomda eshkak eshish bahslarida 98.63 natija bilan barcha raqiblaridan ustun keldi va oltin medalni qo'lga kiritdi!!! (UPD. Hakamlar hayati qaroriga ko'ra, Klevleev kumush, xitoylik sportchi esa oltin medal bilan taqdirlandi)
11:16. Erkin kurashchilarimiz Abbos Rahmonov va Nodirjon Safarov o'tish bosqichida ham imkoniyatni boy berib qo'ydi.
10:10. Ot sporti. CHavandozlarimiz konkur bahslarida finalga yo'l olishdi. Terma jamoamiz azolari Xurshidbek Alimjonov va Bekzod Qurbonov soat 12:00da boshlanadigan finalda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishadi.
10:00. Jiu-jitsu. Feruzbek O'roqov bronza uchun o'tish jangida mo'g'ulistonlik raqibga imkoniyatni boy berdi.
9:20. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 12:00da og'ir atletikada -109 kg vazn toifasida bahslar o'tkaziladi. Unda Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev ishtirok etishini yana bir bor eslatib o'tamiz.
9:15. Badiiy gimnastikachi qizlarimiz saralashda halqa va to'p bilan mashqlarni yakunlashdi. Bulava va tasmadagi mashqlar qoldi.
8:58. Dilfuza Aimbetova chorak finalda KXDR vakilasiga yutqazdi.
8:45. Jiu-jitsu. Feruzbek O'roqov chorak finalda BAA vakiliga imkoniyatni boy berdi.
8:28. Afsuski erkin kurashchimiz Nodirjon Safarov chorak finalda yaponiyalik raqibga imkoniyatni boy berdi.
8:13. Jiu-jitsu. -77 kg vaznli hamyurtimz Feruzbek O'roqov saudiyalik raqibini mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi.
8:05. Uch nafar badiiy gimnastikachimiz o'z chiqishini amalga oshirmoqda.
7:56. Ayollar kurashi. -76 kg vaznli Svetlana Oqnazarova qozog'istonlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.
7:45. Karate. +84 kg vaznli Samarbek Hamroev ilk jangida tailandlik raqibiga yutqazdi.
7:40. Ayollar kurashi. Dilfuza Aimbetova -62 kg vazn toifasida koreyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi.
7:35. Erkin kurash. -57 kg vaznli Nodirjon Safarov 1/8 finalda tojikistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi.
7:28. Slalomda eshkak eshish. Anvar Klevleev 101.49 natija bilan finalga yo'l oldi. Alibek Temirgaliev esa afsuski finalga chiqa olmadi. Final bugun soat 11:00da boshlanadi.
7:06. Erkin kurash. -65 kg vaznli Abbosbek Rahmonov ilk jangida eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi.
6:48. Jiu-jitsu. Umid Saydullaev imkoniyatni boy berdi. Feruzbek O'roqov esa bahraynlik raqibini mag'lub etdi.
6:45. Karatechimiz Ulug'bek Aliboev ikki marotaba mag'lubiyatga uchradi.
Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga bag'ishlangan onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
6 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:
5:30 dan so'ng. - Karate. Erkaklar, -60 kg, nimchorak final. Ulug'bek Aliboev - Abdullah SHaaban (Quvayt)
5:30 dan so'ng. - Karate. Erkaklar, +84 kg, nimchorak final. Samarbek Hamroev - Tiravat Kangtong (Tailand)
6:00. - Ot sporti. Erkaklar, individual. Bekzod Qurbonov, Xurshidbek Alimjonov, Bahromjon Gaziev
6:00. - Slalomda eshkak eshish (kanoe). Erkaklar, yarim final. Anvar Klevleev, Alibek Temirgaliev
6:00. - Jiu-jitsu. Erkaklar, -77 kg, 1/16 final. Umid Saydullaev - Fahad Almarri (Quvayt)
6:00 dan so'ng. - Jiu-jitsu. Erkaklar, -77 kg, 1/16 final. Feruzbek O'roqov - Mahmud Alnajjar (Qatar)
7:00. - Badiiy gimnastika. Individuval va jamoaviy yo'nalish saralashi. Vilana Savadyan, Evelina Atalyanc, Tahmina Ikromova
7:00. - Erkin kurash. 65 kg, saralash raundi. Abbos Rahmonov - Rahman Amuzadhalili (Eron)
7:00 dan so'ng. - Erkin kurash. 57 kg, nimchorak final. Nodirjon Safarov - Hikmatullo Vohidov (Tojikiston)
7:00 dan so'ng. - Ayollar kurashi. 76 kg, nimchorak final. Svetlana Oqnazarova - Jamila Bakbergenova (Qozog'iston)
7:00 dan so'ng. - Ayollar kurashi. 68 kg, nimchorak final. Firuza Esanbaeva - Naruha Macuyuki (Yaponiya)
7:00 dan so'ng. - Ayollar kurashi. 62 kg, nimchorak final. Dilfuza Aimbetova - Hanbit Li (Koreya Respublikasi)
11:00. - Sinxron suzish. O'zbekiston (Diana Onkes, Ziyodaxon Toshxo'jaeva)
11:30 dan so'ng. - Karate. Ayollar, -61 kg, nimchorak final. Zulhumor Tursunalieva - Jeymi Kristine Lim (Filippin)
11:30 dan so'ng. - Breyk dens. O'zbekiston
12:00. - Futbol. Ayollar, bronza medali uchun. O'zbekiston - Xitoy
12:00. - SHaxmat. Erkaklar, jamoaviy, 8-tur
12:00. - SHaxmat. Ayollar, jamoaviy, 8-tur
12:00. - Og'ir atletika. Erkaklar, -109 kg. Akbar Jo'raev, Ruslan Nurudinov
16:00. - Og'ir atletika. Ayollar, -87 kg. Rigina Adashboeva.
Fikrlar