So’nggi yangiliklar

16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0 14:37Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионатидаги юришимизни ғалаба билан бошлаб берди, уч дзюдочимиз эса... + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:16Яна бир боксчимиз Париж-2024 Олимпиадасига лицензия олди 0 14:05"Бавария"ни ҳеч ким бошқаришни истамаяпти. Яна бир мураббий рад жавобини берди 0 13:44Фьюри фаолиятида саккизинчи маротаба нокдаун ҳолатига тушиб қолди 0 13:21"Усик P4P рейтинги етакчиси бўлиш учун даъвогар" - Кроуфорд 0 13:00"Қирол қайтиши мумкин". Собиқ чемпион октагонга қайтишга шаъма қилди 0 12:39"Манчестер Сити" ёки "Арсенал". Бугун АПЛнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади 0 12:18Конор Макгрегор машғулот лагеридаги суратларни тақдим этди + ФОТО 0 11:57Қозоғистонлик жангчи икки ўзбек ММАчисига "вызов" ташлади 0

03 okt 18:30
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining o'ninchi kunida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga ega chiqdik

3 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarining o'ninchi kun bahslari bo'lib o'tdi.

3 oktyabr kuni o'zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Oltin:

Olga Zabelinskaya (velosport)

SHohmurod Xolmurodov/Nurislom To'xtasin o'g'li (eshkak eshish)

Safina Sadullaeva (engil atletika)


Kumush:

Svetlana Radzivil (engil atletika)


Bronza:

SHahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Ekaterina SHubina, Yuliya Borzova (eshkak eshish)

SHohsanam SHerzodova/Nilufar Zokirova (eshkak eshish)

Nigina O'ktamova (boks)


Ushbu sahifa orqali kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


SAHIFANI YANGILASH



18:24. Bahodir Jalolov xitoylik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi! Ushbu g'alaba orqali Bahodir finalga yo'l oldi. SHuningdek, u Parij Olimpiadasi licenziyasiga ham ega chiqdi. 


18:00. Suvga sakrash. O'zbekiston terma jamoasi azolari Vyacheslav Kachanov 6, Igor Myalin esa 11-o'rin bilan tugatdi. Finalda 12 nafar sportchi qatnashgandi. 


17:37. O'zbekistonda oltin va kumush medallar!!! Engil atletikaning balandlikka sakrash yo'nalishida Safina Sadullaeva oltin, Svetlana Radzivil esa kumush medalni qo'lga kiritdi. 

Safina va Radzivil 1.86 metr balandlikni zabt etdi. Lekin Safina kamroq xato qilgani sababli, birinchi o'rinni band etdi! Ushbu yo'nalishda qozog'istonlik sportchi bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

 

17:30. Sportcha alpinizm. Asal Islamova 1/8 finalda xitoylik raqibasiga yutqazdi. 


16:58. Futbol. O'zbekiston ayollar terma jamoasi KXDRga 0:8 hisobida mag'lub bo'ldi. Endi qizlarimiz 6 oktyabr kuni Xitoy - Yaponiya o'yinida mag'lub bo'lgan jamoaga qarshi bronza medali uchun bahs olib boradilar. 


16:50. SHaxmat. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Xitoy bilan durang o'ynadi. SHamsiddin Vohidovda g'alaba. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov durang o'ynadi, Jahongir Vohidov esa imkoniyatni boy berdi. 


16:45. Abdumalik Xalokov filippinlik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi! Navbatdagi raqib - KXDR vakili bo'ladi!


16:30. SHaxmat. O'zbekiston ayollar terma jamoasi (Umida Omonova, Afruza Hamdamova, Marjona Malikova, Maftuna Bobomurodova) Gonkongni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


16:00. Engil atletikada balandlikka sakrash bahslari boshlanmoqda. Svetlana Radzivil va Safina Sadullaeva medallar uchun davogar!


15:00. Futbol. O'zbekiston ayollar terma jamoasi KXDRga qarshi yarim final o'yinini boshlashdi. 


13:00. Hasanboy Do'smatov chorak finalda pokistonlik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi! Endi u yarim finalda yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarshi ringga ko'tariladi.


12:55. Trampolin. Mirshoxid Hasanboev finalda to'rtinchi natijani ko'rsatdi va afsuski medalsiz qoldi.


12:25. SHaxmatchilarimiz ham o'z ishtiroklarini boshlab yuborishgan. Erkaklar terma jamoamiz Xitoy, qizlarimiz esa Gonkong vakilalariga qarshi dona surishmoqda.


12:20. Trampolin. Mirshohid Hasanboev 10 nafar sportchi ichida 5-natijani qayd etdi va finalga yo'l oldi! 


12:16. Veloshosse. Aleksey Fomovskiy 51:05.75 natija bilan 6-o'rin bo'ldi va afsuski bahslarni medalsiz yakunlaydigan bo'ldi. 


11:50. Velosportchimiz hozircha oraliqda 5-natijani ko'rsatdi. Marragacha ozgina qolmoqda.


11:40. Suvga sakrash. Terma jamoamiz azolari Vyacheslav Kachanov va Igor Myalin saralashdan o'tib, final bosqichiga yo'l olishdi. 


11:36. Kamondan otish. Amirxon Sodiqov chorak finalda Janubiy Koreya vakiliga 2:6 hisobida yutqazdi.


11:30. Bokschimiz Nigina O'ktamova yarim finalda KXDR vakilasiga qarshi jang qildi va afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa, Nigina Osiyo o'yinlarini bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi. Eng muhimi u Parij Olimpiadasi uchun licenziyani qo'lga kiritib ulgurgan! BRONZA!


11:22. Velosportchimiz Aleksey Fomovskiy startga chiqdi.


11:15. Bokschimiz Nigina O'ktamovaning KXDR vakilasiga qarshi jangi boshlandi.


11:14. Velosport. SHosseda Aleksey Fomovskiy startga chiqishga hozirlik ko'rmoqda.


11:02. Gimnastikaning trampolin yo'nalishida hamyurtimiz Mirshohid Hasanboev o'z chiqishini boshlamoqda.


10:55. Suvga sakrash bahslarida terma jamoamizning ikki nafar azosi o'z ishtirokini davom ettirmoqda. 


10:15. Sportcha alpinizm. Mark Rogalev ham o'z ishtirokini yakunladi. Sportchimiz 6.975 vaqt bilan 25 nafar sportchi orasida o'n to'qqizinchi natijani qayd etdi. U saaralash bosqichidan o'ta olmadi.


9:17. Sportcha alpinizm. Asal Islomova 12.077 vaqt bilan 18 nafar sportchi orasida o'n beshinchi natijani qayd etdi. Bu final yo'llanmasi uchun etarli bo'lmadi.


9:01. Kanoeda eshkak eshish bo'yicha ayollar juftligi o'rtasida 200 metrga kechgan final bahsida SHohsanam SHerzodova, Nilufar Zokirovadan iborat terma jamoamiz 47.029 soniya bilan marraga uchinchi bo'lib keldi va bronza medalini qo'lga kiritdi!


8:47. Ayollar o'rtasida 500 metrga kechgan to'rtlik finalida SHahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Ekaterina SHubina, Yuliya Borzovadan iborat terma jamoamiz 1:42.958 natija bilan marraga uchinchi bo'lib etib keldi va Osiyo o'yinlarining bronza medalini qo'lga kiritdi! Hamyurtlarimiz so'nggi lahzaga qadar ikkinchi o'rinda kelayotgan edi, ammo oxirgi soniyada koreyaliklar kumush medalni o'zlariniki qilishdi.


8:38. Baydarkada eshkak eshish. 500 metrga Ayollar to'rtilik finali start olmoqda. Unda O'zbekiston terma jamoasi (SHahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Ekaterina SHubina, Yuliya Borzova) ham ishtirok etadi.  


8:06. Samandar Haydarov, Vilyam Ibragimov, Denis Onufriev hamda Ozodjon Amriddinov ishtirok etgan baydarkada eshkak eshishning 500 metrga kechgan to'rtlik finalida 1 daqiqa 26.939 soniya vaqt bilan beshinchi natijani qayd etdi. 


8:04. Baydarkada eshkak eshish bo'yicha 500 metrga to'rtlik finali start olmoqda. Unda Samandar Haydarov, Vilyam Ibragimov, Denis Onufriev, Ozodjon Amriddinovdan iborat termamiz ishtirok etadi.


Ayni damda medallar jamg'arish reytingida kuchli beshlikga qaytdik:


7:54. OLTINNN! SHohmurod Xolmurodov va Nurislom To'xtasin o'g'lidan iborat juftligimiz kanoeda eshkak eshish bo'yicha 1000 metrga kechgan final bahsida barcha raqiblaridan ustun keldi va oltin medalni taqdim etdi! Hamyurtlarimiz 3 daqiqa 43.796 soniya natija qayd etdi.


7:45. Kanoeda eshkak eshish bo'yicha 100 metrga erkaklar o'rtasidagi final boshlanmoqda. Unda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etadi.


7:19. Madinaxon Ashrafxonova baydarkada eshkak eshish bo'yicha 500 metrga kechgan final bahsida 2:07.104 natija qayd etib, to'qqiz nafar sportchi orasida ettinchi o'rinni egalladi. 


7:00. Kanoeda eshkak eshish. Ayollar o'rtasida 200 metrga kechgan bahslarda SHohsanam SHerzodova 49.539 natija qayd etdi va afsuski, to'rtinchi o'rinni egalladi. Sportchimizga bronza medali uchun yuzdan ikki soniya etmay qoldi.


6:58. Baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz ishtirokidagi finallar start olmoqda.


6:51. Kunning ilk oltin medali!!! Olga Zabelinskaya individual veloshosse poygasini 24:35.9 vaqt bilan 14 nafar sportchi orasida oltin medalni qo'lga kiritdi! Malumot uchun, poyga 18.3 km masofada o'tkazildi.


6:42. Ayni damda Olga Zabelinskaya veloshosse poygasida ishtirokini davom ettirmoqda. 


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.

- - - - - -

3 oktyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:

6:00. - Velosport. SHosse. Ayollar, individual, final. Olga Zabelinskaya

7:00. - Kanoeda eshkak eshish. Ayollar, yakkalik, 200 metr, final. SHohsanam SHerzodova

7:15. - Baydarkada eshkak eshish. Ayollar, yakkalik, 500 metr, final. Madinaxon Ashrafxonova

7:50. - Kanoeda eshkak eshish. Erkaklar, juftlik, 1000 metr, final. O'zbekiston (SHohmurod Holmurodov, Nurislom To'xtasin o'g'li)

8:05. - Baydarkada eshkak eshish. Erkaklar, to'rtlik, 500 metr, final. O'zbekiston (Samandar Haydarov, Vilyam Ibragimov, Denis Onufriev, Ozodjon Amriddinov)

8:30. - Sportcha alpinizm. Ayollar, saralash. Asal Islomova

8:45. - Baydarkada eshkak eshish. Ayollar, to'rtlik, 500 metr, final. O'zbekiston (SHahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Ekaterina SHubina, Yuliya Borzova)

9:00. - Kanoeda eshkak eshish. Ayollar, juftlik, 200 metr, final. O'zbekiston (SHohsanam SHerzodova, Nilufar Zokirova)

9:10. - Sportcha alpinizm. Erkaklar, saralash. Mark Rogalev

10:00. - Suvga sakrash. Erkaklar, 3 metr, saralash. Vyacheslav Kachanov, Igor Myalin

11:00. - Gimnastika (Trampolin). Erkaklar, 1-raund. Mirshohid Hasanboev

11:00. - Velosport. SHosse. Erkaklar, individual, final. Aleksey Fomovskiy

11:15. - Boks. Ayollar, -54 kg, yarim final. Nigina O'ktamova - CHolmi Pang (SHimoliy Koreya)

11:20. - Kamondan otish. Erkaklar, yakkalik, chorak final. Amirxon Sodiqov - Vusyok Li (Koreya Respublikasi)

12:00. - SHaxmat. Erkaklar, jamoaviy, 5-tur. O'zbekiston - Xitoy

12:00. - SHaxmat. Ayollar, jamoaviy, 5-tur. O'zbekiston - Gonkong

12:40. - Boks. Erkaklar, -51 kg, chorak final. Hasanboy Do'smatov - Zohaib Rashid (Pokiston)

15:00. - Futbol. Ayollar, yarim final. O'zbekiston - SHimoliy Koreya

16:00. - Engil atletika. Ayollar, balandlikka sakrash, final. Safina Sadullaeva, Svetlana Radzivil

16:25. - Boks. Erkaklar, -57 kg, chorak final. Abdumalik Xalokov - Karlo Palaam (Filippin)

18:10. - Boks. Erkaklar, +92 kg, yarim final. Bahodir Jalolov - Danabaik Baykuzi (Xitoy).

Reyting:    

Fikrlar

+1   
03 okt 17:43:24
Aziz Nabiev
Balandlik sakrashda ko'rsatilmadi hitoylik tashqarida mashgʻuloti ko'rsatadimiey medal uynalayaptiku piskalar
+1   
03 okt 15:32:58
Bulent Ersoy
Iltimos endi fudbolni kursatmil engil atletikani kursatila
+1   
03 okt 09:45:49
Юсуф Ачилов
Эрталаб Спорт ТВ шарҳловчиси бир неча марта баҳсларда Никарагуалик спортчи қатнашаётганини айтди. Қизиқ нима қилиб юрибди
   
03 okt 13:03:48
Тож
Оламспорт Спорт твдан чаққонроқ ишлаяпти. Спорт тв Хасанбойни натижасини бергунча Оламспорт эълон қилиб бўлди. Буни аввал ҳам кузатгандим. Баракалла!
   
03 okt 12:24:20
Bulent Ersoy
Velopoygada qozoq oldi tiilni bizbronzayam ololmadik barakalla Zabelinskaya xar gal tilla oladi
   
03 okt 08:11:59
Aziz Rakhmatov
Aziz Rakhmatov foydalanuvchining fikriga javob berish
Узбекистон хисобида хозирда 12та олтин, Козогистон хисобида 4 та олтин бор. Орадаги фарк 8 та.
13 та олтин адашибман. Орадаги фарк 9 та
   
03 okt 08:10:44
Aziz Rakhmatov
Bulent Ersoy foydalanuvchining fikriga javob berish
Medallar jamg'arishda qozogiston bizga etib qoldi 10 farq bor edi 4 gacha qisqartirdi
Узбекистон хисобида хозирда 12та олтин, Козогистон хисобида 4 та олтин бор. Орадаги фарк 8 та.
   
03 okt 08:05:54
Bulent Ersoy
Medallar jamg'arishda qozogiston bizga etib qoldi 10 farq bor edi 4 gacha qisqartirdi
   
03 okt 07:04:12
Bulent Ersoy
Kunni qozoqlarga yutqazishdan boshladikmi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing