So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

03 dek 19:08
Yangiliklar

Velosport

Osiyo velosport konfederaciyasi prezidenti Toshkentdagi qita chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Teglar :  Velosport
Xabaringiz bor, 2019 yilda Toshkent shahri velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik jarayonini ko'zdan kechirish maqsadida yurtimizga Osiyo velosport konfederaciyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Abdulla Al SHafar, vice-prezident Amardjit Singx, bosh kotib Onkara Singxlar tashrif buyurdilar.

Osama Ahmad Abdulla Al SHafar boshchiligidagi delegaciya 2019 yilning 22-28 aprel kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlik, shuningdek, bahslar o'tkaziladigan "yo'l xaritasi"ni ko'zdan kechirishdi. Bundan tashqari, 2019 yilgi Osiyo chempionati tashkiliy qo'mitasi direktori Xofer Roland hamda direktor yordamchisi Neumann Andre, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi vakili (UCI) Farxod Aliev musobaqa bo'lib o'tadigan joyga tashrif buyurib, avtomagistral yo'llarning holati, mehmonxonalarni ko'rishdi.

Qayd etish lozimki, yurtimizda ilk marotaba o'tkaziladigan ushbu Osiyo chempionatida Tokio 2020 Olimpiadasiga licenziyalar o'ynaladi. Musobaqada qitamizning 40 ga yaqin mamlakatidan 600 nafardan ziyod velosportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Osiyo chempionati jahonga mashhur "Evrosport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilinishi ham rejalashtirilgan.

SHuningdek, "Milliy" stadionida Osiyo velosport konfederaciyasi mutasaddilari ishtirokida ijroqo'm yig'ilishi tashkil qilindi. Unda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jaev ham ishtirok etdi. Yig'ilish davomida Osiyo chempionatiga tayyorgarlik darajasi, musobaqa bo'lib o'tadigan avtomagistral yo'llarning holati, amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama qilinib, takliflar berildi.


Bundan tashqari, Osiyo velosport konfederaciyasi (ASS) hamda "UzReport TV" telekanali o'rtasida O'zbekistonda o'tkaziladigan Osiyo chempionatini yoritish xuquqini beruvchi kelishuv imzolandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing