So’nggi yangiliklar

17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0 12:11Махачев Усман ва Мераб можароси ҳақида: "Бизнинг йигитлар нотўғри иш қилди, деб ҳисобламайман" 0 11:40Тошкент Жаҳон чемпионатини юқори савияда ўтказди 0 11:09Гукеш ва Синдаров иштирокида ўтган матбуот анжумани тўлиқ ҳолатда — гроссмейстерлар нималар дейишди? 0 10:38Элит ОЧЛ. Бугун жамоаларимиз Саудия Арабистони клубларига қарши баҳс олиб боради 0

21 dek 10:41
Yangiliklar

Tennis

Osiyolik tennischi kelishilgan o'yinlar uchun 12 yilga chetlatildi

Teglar :  Pan JenlunXitoy
U diskvalifikaciyadan tashqari 110 000 AQSH dollari miqdoridagi jarimaga ham tortildi.

Xitoylik tennischi Pan Jenlun kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq yirik mojaro sabab jiddiy tarzda jazolandi. U 12 yilga diskvalifikaciya qilindi. Tennisda halollikni taminlash bo'yicha xalqaro agentlik (ITIA) sportchi kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganini tan olganini tasdiqladi - u beshta past darajadagi turnirlarda qasddan mag'lub bo'lgan. Bundan tashqari, Pan yana 11 ta o'yinda boshqa o'yinchilarga "korrupcion takliflar" qilganini tan oldi, ulardan oltitasi kelishuvga erishgan.

Qoidabuzarliklar 2024 yilning may-sentyabr oylarida ITF turnirlari doirasida, asosan Xitoyda, shuningdek, Turkiya va Gonkongdagi musobaqalarda sodir etilgan.

Faoliyati davomida jahon reytingida 1316-o'ringa ko'tarilgan Pan muntazam ravishda ITF turnirlarida ishtirok etgan. ITIA shartnomaviy deb topilgan aniq o'yinlarni oshkor qilmagan. Xuddi shu davrda 25 yoshli tennischi Xitoyning Jinan shahrida bo'lib o'tgan ATP Challenger turnirining saralash bosqichida ishtirok etgan va dunyo reytingida 712-o'rinni egallab turgan Mo E Sunga 1/6, 2/6 hisobida yutqazgan.

Taqiq nafaqat o'yinlarda qatnashishga taalluqli: shuningdek, tennischiga mashg'ulot o'tkazish va etakchi tennis tashkilotlari yoki milliy federaciyalar tomonidan ruxsat etilgan har qanday turnirlar va tadbirlarga tashrif buyurish qatiyan taqiqlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing