10 iyu 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Oskar De La Xoyya: "Kaneloga qarshi jangdan oldin Bivol hech kim emasdi"
Afsonaviy bokschi Oskar De La Xoyya Saul Alvares va Dmitriy Bivol o'rtasidagi jangni tashkil qilgan promouter Eddi Xirnni tanqid qildi.
"Bu vaziyatda hammamiz yutqazdik. Bivolni hech kim tanimas edi. Kanelo bilan jang qilishdan oldin uning kimligini hech kim bilmagan. U hech kim emas edi.
Eddi Xirn tufayli Kanelo yutqazdi, Xirn noto'g'ri yo'lni tutdi. Las-Vegasda shov-shuvli hech narsa bo'lgani yo'q. Hozir Kanelo super yulduz. Xirn unga nisbatan adolatsizlik qildi", - dedi De La Xoyya.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar