26 mar 12:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Oskar De La Xoyya: "Ortis Madrimov bilan Kroufordga qaraganda yaxshiroq jang qildi"
Taniqli promouter Oskar De La Xoyya mijozi, super yarimo'rta vaznda WBC Interim chempioni Virjil Ortisning sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov bilan jangi haqida gapirdi.
"Men juda havotirda edim. Yomon ahvoldagi Krouford bilan jangidan keyin odamlarning Madrimov haqida o'ylaganlari uchun asabiylashdim. Odamlar: "Ey Xudoyim, Madrimov Kroufordga qarshi juda yaxshi jang qildi-ki, u Virjil Ortisni bemalol engadi", deyishardi.
Lekin biz buning teskarisini ko'rdik. Ortis ringni qanday kesib o'tishni bilardi. Uning ringni boshqarishi Madrimovga nisbatan juda yaxshi edi. Virjil Madrimov bilan Krouforddan ko'ra yaxshiroq jang qildi", dedi De La Xoyya.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi jang 22 fevral kuni Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tgan va unda Virjil ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar