18 fev 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Oskar De La Xoyya: "Ortisning 22 ta jangda 21 ta nokaut qayd etganining o'zi unga baho berish uchun etarli"
Taniqli promouter Oskar De La Xoyya super yarimo'rta vazn toifasidagi amerikalik bokschi Verjil Ortis hamda Isroil Madrimov o'rtasidagi jang bo'yicha taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
"22 jang va 21 ta nokaut — shuning o'zi u haqida baho berish uchun etarli. Agar Madrimov Ortisning qarshisida turishga tayyor bo'lsa, Verjil bilan jang qilishga qaror qilgan bo'lsa, bu Ortis uchun tez yakunlanadigan kecha bo'ladi", dedi De La Xoyya.
Verjil va Isroil o'rtasidagi jang 22 fevral kuni Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi. Aynan Oskar "Tilla bola" De La Xoyya Verjil Ortisning promouteri hisoblanadi.
Havola :
Manba : boxingnews24.com
Fikrlar