29 avg 18:39
Yangiliklar

O'smir bokschilarimiz 11 ta medal qo'lga kiritishdi, umumjamoa hisobida birinchimiz!
Bugun, 29 avgust kuni musobaqa doirasida o'smirlar o'rtasida final bahslari tashkil etildi. Quvonarlisi, chempionatning o'smirlar o'rtasidagi janglari yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi vakillari birinchi bo'lishdi.
Yigitlarimiz musobaqada 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-50 kg: Hojiakbar Mahmudov
-60 kg: Javohir Ummataliev
-63 kg: Lazizbek To'lqinov
-66 kg: Fazliddin Erkinboev
-70 kg: SHavkatjon Boltaev
-81 kg: Sardorbek Tursunov
Kumush:
-52 kg: Abdulloh Madaminov
-54 kg: Mironshox Norqosimov
-57 kg: Dalerjon Bozorov
-75 kg: Mizrob Nekboev
Bronza:
-46 kg: Baxtiyor Yaxshiboev
Qayd etish lozimki, o'smir yigitlarimiz umumjamoa hisobida 6 ta oltin bilan birinchi o'rinni egallashdi. Ikkinchi o'rinni qozog'istonlik bokschilar egallashgan bo'lsa, uchinchi o'rinni Hindiston vakillari band etdilar. Yana bitta medalni esa Eron vakili qo'lga kiritdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar