21 fev 10:11
Yangiliklar
![](/upload/storage/106761_220.jpg)
O'smir bokschilarimiz Sankt-Peterburgdagi xalqaro turnirda ishtirok etishyapti
Bellashuvlarda Bekzod Xidirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Hozircha musobaqaning ikki kuni ortda qoldi. Jamoaviy tarzda tashkil etilayotgan bahslarning birinchi kunida terma jamoamiz vakillari Rossiyaga 5:8 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Ikkinchi kungi janglarda esa mezbon Sankt-Peterburg jamoasi 9:4 hisobida mag'lub etildi. Endi bugun bokschilarimiz Belarus terma jamoasiga qarshi janglar olib borishadi.
Musobaqada qatnashayotgan bokschilarimiz:
-46 kg: U.Abdurasulov
-46 kg: S.To'raev
-48 kg: I.Saidxonov
-50 kg: B.Bobojonov
-52 kg: D.Bozorov
-54 kg: T.Xabibullaev
-57 kg: D.Muhiddinov
-60 kg: B.Ixvolov
-63 kg: S.Toshpo'latov
-66 kg: M.Aluetdinov
-66 kg: M.Nekboev
-70 kg: R.Boymatov
-75 kg: S.Rejametov
-80 kg: A.Muhammadaminov
+80 kg: X.Rixsiboev
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar