05 iyu 15:18
Yangiliklar
Futbol
Oston O'runov Eron chempionatining eng qimmat o'yinchisiga aylandi, ro'yxatda Masharipov ham bor
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Persepolis" jamoasi vingeri Oston O'runovning "Transfermarkt" portalidagi transfer narxi 150 foizga oshdi.
Yangilangan ro'yxatda Ostonning narxi 2.5 million evro deb ko'rsatilgan. Keyingi pog'onada uning jamoadoshi Hussayn Kanani 2.2 mln evro. Uchinchi o'rinda 1.8 mln evro bilan "Traktorsozi"ning portugaliyalik o'yinchisi Rikardu Alvesh. Erondagi yana bir hamyurtimiz Jaloliddin Masharipovning transfer narxi 1.7 mlnga ko'tarildi va u to'rtinchi eng qimmat o'yinchi bo'lib oldi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldingi ro'yxatda O.O'runovning narxi 1 mln evro, J.Masharipovning narxi esa 1.5 mln edi.
Oston Eron chempionatida 13ta o'yinda raqiblar darvozasiga 6ta gol urdi va jamoasining chempionlikni qo'lga kiritishida juda katta hissa qo'shdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar