23 mar 19:48
Yangiliklar
Ot yo'rttirish bo'yicha “Do'stlik kubogi” g'oliblari aniqlandi
Musobaqaning dastlabki ikki bosqichi Bishkek va Almati shaharlarida o'tkazildi. Poytaxtimizda o'tgan yakuniy bosqichda hamyurtlarimiz qatori qo'shni mamlakatdan tashrif buyurgan yosh chavandozlar g'oliblik uchun kurash olib borishdi.
G'olib va sovrindorlar ro'yxati:
FEI CHaqiruv kubogi, sinov musobaqasi. Bolalar:
1. Naerin Tolipova (“Xellou Sensey” laqabli otda, O'zbekiston)
2. Arina Panova (“Eshton Valley”, O'zbekiston)
3. Uma-Sofiya Butovchenko (“Bonita”, O'zbekiston)
Saralash sovrini uchun mintaqaviy bahslar, o'smirlar:
1. Linara Tolegen (“Monshofs Red Daymond”, Qozog'iston)
2. Go'zal Kamalova (“Sanlit Xellas”, O'zbekiston)
3. Kseniya Raxmatullaeva (“Eshton Valley”, O'zbekiston)
Saralash sovrini, bolalar:
1. Naerin Tolipova (“Xellou Sensey”, O'zbekiston)
2. Uma-Sofiya Butovchenko (“Bonita”, O'zbekiston)
3. Yusra Fayz (“Gerbrix”, O'zbekiston)
Jamoaviy sovrin uchun mintaqaviy bahslar, o'smirlar:
1. Linara Tolegen (“Monshofs Red Daymond”, Qozog'iston)
2. Go'zal Kamolova (“Sanlit Xellas”, O'zbekiston)
3. Andreas Donat (“Verden”, Qozog'iston)
“Do'stlik kubogi”ning 3 bosqichdagi yakuni:
1. Linara Tolegen (Qozog'iston, absolyut chempion) – 65.580 %
2. Uma-Sofiya Butovchenko (O'zbekiston) – 58.970 %
3. Andres Donat (Qozog'iston) – 57.672 %
Fikrlar