12 mar 09:14
Yangiliklar
Futbol
Otabek Boymurodov: "Baklajka (elim suv idish) ustiga kim qaerga tepishini yozib olgandim, ammo..."
U-20 Osiyo Kubogi chorak finalida Avstraliya ustidan qozonilgan g'alabadan keyin O'zbekiston termasi posboni Otabek Boymurodov o'z fikrlarini bildirdi.
- Muxlislar bizning 12-futbolchimiz bo'la olishdi. To'lgan stadion uchun barchaga katta rahmat. Bu biz uchun birinchisi emas. Bugungisi shunchaki fantastika.
- Penaltilar seriyasiga tayyormidingiz?
- Ha. Baklajka (elim suv idish) ustiga kim qaerga tepishini yozib olgandim. Ammo penalti tepganlarning uchtasi ro'yxatimda yo'q ekan.
- Penaltidan tepilgan to'p ustunga tekkanida ichingizdan qanday hissiyotlar o'tdi?
- So'zlar bilan tasvirlab bo'lmaydi. Bilmadim. Balki hayotimdagi eng zo'r hissiyotlardir.
- Asosiy vazifa bajarildimi?
- Yo'q, keyingi ikki o'yinda ham yutishni istaymiz. Biz o'z uyimizdamiz. Barchaga g'alabalarni taqdim qilmoqchimiz. Bo'shashishni istamaymiz.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar