So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

14 dek 10:40
Yangiliklar

Engil atletika, Og'ir atletika

Otabek Umarov og'ir atletika va engil atletika federaciyalari rejalari bilan tanishdi

MOQ rahbariyati Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston og'ir atletika va engil atletika federaciyalarining taqdimoti bilan tanishdi.

Dastlab og'ir atletika federaciyasining bu boradagi rejalariga nazar tashlandi.

Taqdimot bilan Sport vazirining o'rinbosari, mamlakat og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov tanishtirdi. Unda SHahrullo SHaripovich mahalliy musobaqalar orqali iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularning xalqaro turnirlardagi ishtirokini taminlash, murabbiylarning bilim va ko'nikmalarini oshirish lozimligi borasida to'xtalib o'tdi.

SHuningdek, terma jamoaga jalb etilgan misrlik mutaxassis Xolid Hasan ham mavzu bo'yicha fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Murabbiy hozirda Bahrayn mezbonlik qilayotgan jahon chempionati asosiy tarkib sportchilarining imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o'tkazib berayotgani, shuningdek, joriy oy Qatarda tashkil etiladigan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati kuchli zaxira tarkibni ko'zdan kechirish imkoniyatini taqdim etishini takidladi.

SHundan so'ng O'zbekiston engil atletika federaciyasining taqdimoti muhokama qilindi. Qayd etish joiz, Olimpiya o'yinlarida eng ko'p yo'llanma va medallar jamlanmasi aynan ushbu sport turida o'ynaladi. Biroq terma jamoamiz so'nggi paytlarda sanoqli licenziyalar bilan cheklanib qolmoqda.

Suhbatda mazkur jihat tanqid ostiga olinib, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlarida engil atletikachilarimiz delegaciyamizga eng ko'p yo'llanma taqdim etadigan jamoa bo'lishlari lozimligi takidlandi. Taqdimot davomida terma jamoa bosh murabbiyi Go'zal Xubbieva ko'plab dasturlarda iqtidorli yoshlar etishib chiqayotgani, so'nggi yillarda o'tkazilgan xalqaro musobaqalar iqtidorli yoshlarni saralab olishga imkon berayotganini bildirdi.

Yakunda har ikki federaciya vakillarining O'zbekiston delegaciyasini bo'lajak Olimpiya o'yinlariga puxta tayyorlash bo'yicha tayyorlanayotgan Prezident qarori loyihasi uchun takliflari belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing