16 fev 10:17
Yangiliklar
Stol tennisi

Otabek Umarov va Muxtorxon Tashxodjaev stol tennisi markaziga tashrif buyurishdi
Tashrif doirasida O'zbekiston MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov hamda Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev boshchiligidagi rasmiylar viloyatdagi sport sohasi rivojini o'rganishdi.
O'rganishlar davomida mutasaddilar viloyat stol tennisi markaziga tashrif buyurishdi. Toshkent viloyati stol tennisi federaciyasi vice-prezidenti Grigoriy Xvan markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. SHuningdek, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga sportchilarni tayyorlash bo'yicha reja dasturi haqida ham so'z bordi.
Tashrif davomida rasmiylar sportchilar bilan suhbat o'tkazishdi va ushbu sport turi istiqbolini alohida etirof etishdi. SHuningdek, sifatli va kompleks tayergarlikka alohida etibor qaratish lozimligi ham qo'shimcha qilindi. Yakunda stol tennisini yanada rivojlantirish va ommaviyligini oshirish bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar