11 fev 12:04
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322418_220.jpg)
Otabek Xolmatov: "Biz boshladik, to'xtash yo'q" (FOTO)
Yarimengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq davogar, o'zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Amerika Qo'shma SHtatlarida mashg'ulot olib bormoqda.
WBA reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan Xolmatov boshqa o'zbekistonlik bokschilar singari Kaliforniya shtati Indio shahrida aka-uka Diaslar qo'lida mashg'ulot o'tkazmoqda.
"Biz boshladik Alhamdulillah, endi to'xtash yo'q", deya quyidagi suratlarni izohlagan Xolmatov.
Malumot uchun, Otabek Xolmatov so'nggi jangini 2024 yilning mart oyida Raymond Fordga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgandi. Bu yarim engil vaznda vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun o'tkazilgan jang edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar