08 fev 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatov engilmas bokschiga qarshi kamar uchun jang qiladi
Professional boksda 5 oyda 9 ta jang o'tkazishga ulgurgan hamyurtimiz Otabek Xolmatov navbatdagi jangini kamar uchun o'tkazadi.
26 mart kuni AQSHning Orlando shahri mezbonlik qiladigan boks oqshomida Otabekka rossiyalik bokschi Andranik Grigoryan raqiblik qiladi.
Raqib shu kungacha 14 marotaba jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (3 ta nokaut). Otabek esa 9 marotaba ringga ko'tarilib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag'lub eta olgan.
Mazkur jang WBA tashkilotining NABA kamari uchun o'tkaziladi. Mazkur jang g'olibi WBA yo'nalishida jahon chempionligiga davogarga aylanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar