05 mar 01:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatov Tomas Patrik Uordni mag'lub etib, WBA chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylandi!
Otabek Xolmatov navbatdagi jangida ringga chiqdi.
Angliyaning Nyukasl shahrida professional boks oqshomi o'tkazilmoqda.
Ushbu shou doirasida yarimengil vaznda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Otabek Xolmatov (10-0) ham ringga ko'tarildi. Bokschimiz kechaning co-main event jangida mezbon Tomas Patrik Uordga (33-0-1) qarshi jang o'tkazdi. 12 raundga mo'ljallangan jang 5-raundda Otabek Xolmatovning nokaut orqali qo'lga kiritgan g'alabasi bilan yakunlandi.
Mazkur to'qnashuv WBA kamari uchun Eliminator jangi hisoblanar edi. Hamyurtimiz ushbu g'alabasi orqali endilikda mazkur vaznda WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni, meksikalik Maurisio Laraga qarshi majburiy davogar sifatida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar