27 jan 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatovning Tomas Uordga qarshi jangi sanasi yana bir bor o'zgardi
Otabek Xolmatovning Tomas Uordga qarshi jangi mart oyida bo'lib o'tadi.
Yarimengil vaznda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Otabek Xolmatov (10-0)ning britaniyalik Tomas Patrik Uord (33-0-1)ga qarshi WBA Eliminator jangi 25 fevral kuni Nyukasl shahrida (Buyuk Britaniya) joylashgan Utilita Arena'da bo'lib o'tishi haqida avvalroq xabar bergan edik.
Ammo kecha hamyurtimiz Instagram tarmog'idagi rasmiy sahifasi orqali boks oqshomi 4 mart kuniga ko'chirilganini xabar qildi. Malumotlarga ko'ra, jang manzili o'zgarmagan.
Havola :
Manba : instagram.com/otabek_kholmatov1
Fikrlar