26 apr 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

O'z vaqtida o'zbek bokschisiga yutqazgan qozog'istonlik sportchi WBO kamari uchun jang qiladi
Top Rank kompaniyasi o'rta vazn toifasida vaqtinchalik WBO kamari uchun o'tkaziladigan jangni elon qildi.
Vaqtinchalik kamar uchun qozog'istonlik bokschi Janibek Alimxanuli britaniyalik Denni Dignamga qarshi ringga ko'tariladi.
Bahs 21 may kuni Las-Vegasda o'tkaziladi va kechaning markaziy jangi bo'ladi.
28 yoshli Alimxanuli professional ringda hali mag'lubiyatga uchramagan.
Havaskor boksda esa o'z vaqtida 2015 yilgi Osiyo chempionati chorak finalida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievdan mag'lubiyat qabul qilib olgan.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar