11 iyu 15:09
Yangiliklar

Ozarbayjon EVRO uchun tarkibini elon qildi
CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qiluvchi qita chempionati 8-10 noyabr kunlari o'tkazilishi kerak. Bo'lajak nufuzli musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoalar birin-ketin o'z tarkiblarini elon qila boshlashdi. Bugungacha 14 ta terma jamoa Evropa chempionatida qatnashishlarini tasdiqlagan.
Jumladan, Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyi ham Pragaga yo'l oladigan tarkibni oshkor qildi.
Tarkib shunday ko'rinish hosil qilgan: Karamat Guseynov (60 kg), Nidjat SHixalizade (66 kg), Rustam Orudjev (73 kg), Murad Fatiev, Xidayat Geydarov (ikkisi ham – 81 kg), Mamedali Mextiev (90 kg), Elmar Gasimov, Zelim Kocoev (ikkisi ham - 100 kg), Ushangi Kokauri (+100 kg).
Ayollar jamoasi: Aisha Gurbanli, Leyla Alieva (ikkisi ham – 48 kg), Gyultadj Mamedalieva (52 kg), Aleksandra-Larisa Florian, Ichinxorlo Munxcedev (ikkisi ham - 57 kg), Gyunel Gasanli (70 kg), Irina Kindzerskaya (+78 kg).
Fikrlar