20 sen 09:08
Yangiliklar
Ozarbayjonning Jahon chempionati uchun tarkibi malum. Toshkentga Said Mollai keladi
Etiborga molik jihati shundaki, eronlik dzyudochi, Olimpiada sovrindori, jahon chempioni Said Mollai Ozarbayjon terma jamoasi tarkibida O'zbekistonga keladi. Avvaliga Eron, keyin Mo'g'uliston sharafini himoya qilgan Mollai endi Ozarbayjon libosida musobaqalarda ishtirok etyapti. U Mo'g'uliston uchun Tokio Olimpiadasida kumush medalni taqdim etgan edi. Said shu yil Ozarbayjon safida Budapesht "Katta Dubulg'a" hamda Zagreb Gran-pri turnirlarida kumush medalga sazovor bo'ldi.
Terma jamoa tarkibi: Karamat Guseynov (60 kg), Orxan Safarov, Yashar Nadjafov (ikkisi ham - 66 kg), Rustam Orudjev, Xidayat Geydarov (ikkisi ham - 73 kg), Said Mollai (81 kg), Mamedali Mextiev (90 kg), Zelim Kocoev (100 kg), Ushangi Kokauri (+100 kg), Leyla Alieva (48 kg), Gyultaj Mamedalieva (52 kg).
Fikrlar