09 avg 13:10
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek boks muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Maykl Foks yana mag'lub bo'ldi
Bugun Los-Anjelesdagi "Microsoft Theater" arenasida navbatdagi boks oqshomi tashkil etildi.
Unda o'zbekistonlik boks muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan amerikalik Maykl Foks yurtdoshi Lukas Santamariyaga qarshi jang qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Lukas Santamariya ochkolar evaziga ko'ra (99-90, 97-92, 96-93 hisoblarida) g'alaba qozondi. Qayd etish lozimki, u jang davomida nokdaun holatiga ham tushib qoldi.
Malumot uchun, Maykl Foks bungacha ikki nafar o'zbek bokschisiga qarshi jang qilgan. U 2019 yilning fevral oyida SHohjahon Ergashevga mag'lub bo'lgan bo'lsa, oradan uch oy o'tib Fayzliddin G'oibnazarovdan ustun kelgandi. Bugungi jangda u faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar