24 apr 21:10
Yangiliklar

O'zbek bokschilari "Gubernator kubogi"ni oltita medal bilan yakunlashdi
Bugun musobaqa doirasida final janglari bo'lib o'tdi. Unda besh nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi. Kun davomida jang qilgan bokschilarimizdan 4 nafari - Nodirjon Mirzahmedov, SHahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Bahodir Jalolov g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Abdumalik Xalakov esa mezbon bokschiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi. Kecha esa Bobousmon Baturov bronza medaliga sazovor bo'lgandi.
Finalda qayd etilgan natijalar:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Igor Caregorodcev (Rossiya) 4:1 (g'alaba)
-52 kg: SHahobiddin Zoirov - Mahmut Sabirxan (Qozog'iston) 5:0 (g'alaba)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Dmitriy Spivak (Rossiya) 5:0 (g'alaba)
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Albert Batirgaziev (Rossiya) 0:5 (mag'lubiyat)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Ivan Veryasov (Rossiya) (Bahodir ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi)
Ushbu sahifa orqali janglarni jonli efirda tomosha qilish mumkin bo'ldi.
Fikrlar