05 dek 19:29
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschisi Ekaterinburgda ringga ko'tarildi
Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha professional boks oqshomi o'tkazilmoqda.
Jang oqshomi doirasida o'zbekistonlik Sardor Muzaffarov mezbon Evgeniy CHurpakovga qarshi jang qildi.
Sakkiz raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib hakamlar ochkosiga ko'ra aniqlandi va unda rossiyalik Evgeniy CHurpakov g'alaba qozondi.
Malumot uchun, bu Muzaffarov uchun professional faoliyatidagi sakkizinchi jang bo'ldi. U bungacha janglarining to'rttasida g'alaba, uchtasida esa mag'lubiyat qayd etgandi. U bugun faoliyatida to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Ushbu jang oqshomi doirasida birozdan so'ng Fazliddin G'oibnazarov ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
08:20
Bugun Dushanbe Grand Slam turnirining birinchi kuni 10 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz 0
Fikrlar