03 apr 19:02
Yangiliklar
![](/upload/storage/36367_220.jpg)
O'zbek bokschisi Toshkentda WBS Silver kamari uchun jang qiladi
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tadigan jang oqshomidan sakkizta to'qnashuv o'rin olgan. Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, kechaning markaziy jangi prof ringda mag'lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov ishtirokida bo'ladi. O'sha kuni Azizbek ayni paytda vakant bo'lib turgan WBS Silver kamari uchun rossiyalik taniqli bokschi Dmitriy CHudinovga qarshi jang o'tkazadi. Malumot uchun, Abdug'ofurov bungacha professional faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. To'rtta jangda esa u raqibini nokautga uchratgan. CHudinov esa 25ta jang o'tkazib, ularning 21tasida g'alaba qozongan (13tasi nokaut). Ikkita jangda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, ikkitasida durang qayd etgan.
Undan tashqari o'sha kuni Qudratillo Abduqahhorov ham ringga chiqadi. Hozircha uning raqibi nomalum.
Fikrlar