29 sen 17:50
Yangiliklar

O'zbek bokschisining raqibi avtofalokatdan so'ng birinchi sparringini o'tkazdi
Spensning murabbiyi Derrik Jeymsning so'zlariga ko'ra, bokschi hozir yaxshi formada va bemalol 12 raundlik jang o'tkaza oladi.
"Havotirga o'rin yo'q. Uning reakciyasi va taymingi zo'r holatda. Sparring bu ishimizning keyingi bosqichi. Errol bemalol 10 yoki 12 raund jang qila oladigann ahvolda. U bir necha oydan beri shug'ullanayapti, tanasi ham fantastik ko'rinishda.
Biz mart oyida tayyorgarlikni boshladik. SHu sababli siz jangga deyarli tayyor sportchini ko'rayapsiz", -dedi Jeyms.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo Abduqahhorov ayni paytda Spensga tegishli bo'lgan IBF kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi. Bokschi avtofalokatga uchragani sabab bokschimizning Spensga qarshi jangi cho'zilmoqda.
Fikrlar