26 noy 16:24
Yangiliklar

O'zbek brendini reklama qilayotgan qozoq jangchisi UFC 257 turnirida oktagonga chiqadi
Oqshom doirasidagi janglarning biri qozog'istolik engil vazn toifasi vakili Jalgas Jumagulov ishtirokida o'tkaziladi. Jalgas Amir Albaziga qarshi oktagonga ko'tariladi. Aslida bu jang UFC on ESPN 18 turnirida o'tkazilishi kerak edi. Lekin Jumagulovning pasporti bilan bog'liq muammo sabab jang kechroq muddatga ko'chirilgan edi. AQSH elchixonasi o'z vaqtida qozog'istonlik jangchining pasportini qaytarmagani uchun Jalgas Las-Vegasga ucha olmagandi.
Malumot uchun, O'zbekiston brendi - Buka liboslarida ko'rinish berayotgan 32 yoshli Jumagulov shu yil iyul oyida UFC`da omadsiz debyut qilgan va Rauliana Peyvaga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Ungacha u FNG promoushenida 4 ta g'alaba qayd etgandi. Jalgas Tagir Ulanbekov va Ali Bagautinovni mag'lub etib, UFC`dagilarning etiborini o'ziga tortgandi.
Fikrlar