05 iyu 19:23
Yangiliklar
O'zbek klublari JCH-2026 orqali qancha daromad topadi?
“O'zbekiston 24” telekanali axborotiga ko'ra, “Paxtakor” 5 nafar futbolchisi uchun 1.485.000 dollar, “Neftchi” (3) 891.000 dollar va “Nasaf”, “Dinamo” mos ravishda (2) 594.00 dollarga ega bo'ladi.

• Umumiy jamg'arma — 355 million dollar
• Bu 2022 yilgi dasturga nisbatan 70% ko'p
• FIFA birinchi marta klublarga faqat Jahon chempionati final bosqichi uchun emas, balki JCH-2026 saralash o'yinlari qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar uchun ham to'lov qiladi
• Mablag' ikki asosiy qismga bo'linadi:
— 100 million dollar — saralash o'yinlariga futbolchi yuborgan klublar uchun
— 250 million dollar — JCH-2026 final bosqichiga futbolchi yuborgan klublar uchun
• Saralash bosqichida to'lov har bir futbolchi, har bir o'yin uchun hisoblanadi
• Taxminiy summa: har bir futbolchi uchun har bir o'yinga 2 362 dollar
Fikrlar