26 fev 07:01
Yangiliklar

O'zbek milliy kurashi bo'yicha ilk bor Janubiy Osiyo chempionati o'tkaziladi
Janubiy Osiyo Kurash Federaciyasi 2023 yilda Osiyo Kurash Konfederaciyasining tashkil etilishi asosida ro'yxatga olingan.
Kurashni Janubiy Osiyo mamlakatlarida yanada ommalashtirish, xalqaro musobaqalar tashkil etish maqsadida o'z faoliyatini boshlagan federaciyaga Hindiston, SHri-Lanka, Pokiston, Nepal va Bangladesh azo hisoblanadi.
O'tgan 2023 yilda birinchi chempionatni o'tkazish Bangladesh kurash federaciyasiga yuklangan edi. Biroq o'z vaqtida kerakli ishlar amalga oshirilmagani uchun birinchi Janubiy Osiyo chempionati 2024 yilga ko'chirilgan edi.
Kurash bo'yicha ushbu nufuzli musobaqa joriy yilda Hindistonning Kerala shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan. 19-20 aprel kunlari "Muqaddas yurak kolleji"da bo'lib o'tadigan chempionat kattalar va 20 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida o'tkaziladi.
Fikrlar