So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

16 mar 08:41
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbek sporti yulduzlari 30-mehribonlik uyida

Kecha poytaxtimizdagi 30-mehribonlik uyida "Navro'z sayli" tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbir O'zbekiston davlat sanat va madaniyat institutining faol talabalari tashabbusi bilan tashkil qilingandi. Unga Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari va bir qator sportimiz yulduzlari ham tashrif buyurishdi. Jumladan, boks bo'yicha Olimpiya o'yinlari chempioni SHahobiddin Zoirov, Olimpiya o'yinlari kumush medal sohibi Bektemir Meliqo'ziev, jahon chempionati sovrindorlari Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov, taekvondo bo'yicha jahon chempioni Dmitriy SHokin, Osiyo o'yinlari g'olibi Jasur Boyqo'ziev, stol tennisi bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempioni Saida Mahmudova va futbol bo'yicha Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan Rustam Ashurmatov, Islomjon Qobilov va Akrom Komilovlar ushbu tadbirda qatnashdilar. 

Umuman, MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi so'nggi paytlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun muntazam ravishda mana shunday tadbirlar tashkil etib kelmoqda. Bundan bir necha hafta avval shunga o'xshash tadbirlar poytaxtimizdagi 100-jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar maktab internatida hamda ko'zi ojizlar maktabida o'tkazilgan edi. 

Kecha esa sportimiz yulduzlari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bilan birgalikda 30-mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. Tadbir davomida yosh bolajonlarga institut talabalari ishtirokida ko'razmali chiqishlar, sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Kuy-qo'shiqlar bayramga o'zgacha kayfiyat ulashdi. 

Tantanali tadbirda 30-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'zbek sportining yorqin yulduzlari qo'lidan Milliy olimpiya qo'mitasining esdalik sovg'alari va sport anjomlarini qabul qilib olishdi. Bunday etibor va qiziqarli tadbirdan ko'ngli yarimta bolajonlarning kayfiyati juda ko'tarildi. Ular hayajonlarini yashira olmadilar. Tadbir yakunida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'zbek sporti yulduzlari bilan esdalik uchun suratga tushish va ulardan dastxat olish imkoniga ega bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing