09 avg 18:44
Yangiliklar
Taekvondo
O'zbek taekvondosi tarixida yangi sahifa ochildi!
Xabaringiz bor, Toshkentda taekvondochi kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Bu hisob bo'yicha to'rtinchi Jahon chempionati hisoblanadi.
O'zbekiston terma jamoasi oldingi uchta Jahon chempionatida jami 7ta bronza medalini qo'lga kiritgan. Toshkentdagi musobaqada kecha hamyurtimiz Muhammadamin Aliev ham bronza medaliga ega chiqqan edi. Bugun esa yangi tarixiy sahifa ochildi. O'zbekistonlik Zafarbek Karimov -41 kg vazn toifasida oltin medalini qo'lga kiritdi hamda tarixga kirdi. Bu yurtimiz kadetlari uchun dastlabki oltin medal bo'ldi.
Ertaga musobaqaning so'nggi kunida yana 5 nafar hamyurtimiz jang qiladi. Ulardan ham medallar kutib qolamiz!
O'zbekiston taekvondo WTF Associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar