So’nggi yangiliklar

12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0 16:47FIDE Россия терма жамоасининг Самарқанд Олимпиадасидаги иштироки бўйича якуний қарорини эълон қилди 0 16:21“Барселона” Левандовски кетганидан сўнг ҳужумчи масаласида кутилмаган ечим топди 0 15:57Европанинг энг яхши аёл жангчиси UFC’да дебют қилади 0

22 sen 14:29
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

O'zbekiston asosiy delegaciyasi 5 yil kutilgan 4 yillik musobaqasi manziliga etib keldi FOTOREPORTAJ

SHu kunlarda qitamiz sport jamoatchiligining diqqat-etibori Xitoyning Xanchjou shahriga qaratilgan.

Er sayyorasining qariyb beshdan bir qism aholisi istiqomat qilayotgan CHin yurti hisob bo'yicha 19-Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilmoqda. To'rt yillikning qitamiz uchun eng nufuzli musobaqasini bu safar besh yil kutishga to'g'ri keldi. Kishilik tarixiga qora xarflar ila bitilgan koronavirus vabosi sabab Osiyo o'yinlari ham xuddi Tokio Olimpiadasi singari belgilangan muddatda o'tkazilmadi. Ammo Tokio-2020 kabi bu Osiyo o'yinlari ham avvaldan belgilangan Xanchjou-2022 nomi ostida tashkil etilyapti.   

Ikki kun avval o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokini akademik eshkak eshish hamda zamonaviy beshkurash terma jamoalari boshlab berishgan edi. Kecha tunda esa kattagina O'zbekiston sport delegaciyasi to'g'ridan-to'g'ri charter reys bilan Xanchjou shahriga etib keldi. Deyarli 5500 km masofani 6 soatda bosib o'tgan mahobatli Boing-787 drimlayneri 250 kishidan iborat O'zbekiston delegaciyasini musobaqa manziliga etkazdi. 

Darvoqe, delegaciya tarkibida 30 nafar OAV xodimlari ham bor edi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi, davlatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan ana shunday kattagina guruh bevosita musobaqa manzilidan Osiyo o'yinlarini yoritib boryapti. Taqqoslash uchun, Indoneziyadagi qita o'yinlarini 20 nafar hamkasbimiz voqea joyidan yoritgan edi.    

Ahamiyatlisi, Indoneziyada bo'lgani kabi bu safar ham saytimizning ikki muxbiri katta sport forumida faoliyat olib boradi. Sportchilarimizning mashg'uloti, olimpiya shaharchasidagi yashash tarzi, musobaqadagi ishtiroki, so'nggi natijalar, umuman barcha-barchasi haqida baholi qudrat tezkorlik ila malumotlar etkazib borishga harakat qilamiz. 

Malumki, Xitoy katta musobaqalar, xususan Olimpiada va Osiyo o'yinlari singari to'rt yillikning eng nufuzli turnirlariga mezbonlik qilgan va tabiiyki, yuqori saviyadagi tashkilotchilik masalasida xalqaro etirofga sazovor bo'lgan. 19-Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish borasida ham yaxshigina ter to'kilgani shahar ostonasidanoq ko'zga tashlandi. Volontyorlar, yani ko'ngillilarning xushmuomalaligini alohida takidlash o'rinli. Nixao, yani salom deya har bir delegaciya azosi qarshi olinmoqda.  

Ko'chalarga musobaqa ruhiyatini berib turgan turli hajmdagi bannerlar joylashtirilgan. Xanchjou sport bayrami og'ushida yashamoqda. 

SHarqiy Osiyo mamlakatlariga xos namgarchilik yuqoriroq ekanini inobatga olmasa, harorat u darajada issiq emas. Aeroportdan chiqib, avtobusga o'tirishimiz bilan yomg'ir yog'a boshladi. Ayni paytda harorat 20-22 daraja iliiq atrofida. 

Aeroportdan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun mo'ljallangan "Media village"gacha 40-45 daqiqalik masofa. Juda katta hududda bunyod etilgan va osmono'par binolarni o'zida jamlagan jurnalistlar shaharchasi alohida mavzu va bunga biz yana qaytamiz.       

Bugungi ishni Osiyo o'yinlarining Bosh media markaziga borishdan boshladik. Jurnalistlar uchun ajratilgan "shatl-bas" bizni bir zumda "Main Press Centre" eltib qo'ydi. Kattagina hududni egallagan markazda Osiyoning qirqdan ziyod davlatidan kelgan ommaviy axborot vositalari xodimlari javlon urishyapti. 

Foto muxbirlar uchun "bepul ijara" asosida eng so'nggi rusumdagi fotoapparatlar taqdim etilmoqda. Xullas, mazza qilib ishlash uchun barcha sharoitlar muhayyo, shunchaki istak bo'lsa kifoya.    

Kamoliddin Alimov Xanchjou (Xitoy)

Suratlar muallifi - Abdullo Fayzullaev 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing