23 dek 07:43
Yangiliklar

O'zbekiston boks federaciyasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi + FOTO
Unda O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, murabbiylar, bokschilar, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirni o'tkazishdan maqsad, mamlakatimizda boksni yanada ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziquvchi qatlamini boks bilan yanada yaqinroq tanishtirish edi.
Tadbir davomida yosh bokschilar yig'ilganlar uchun janglar tashkil etib berishdi. Yakunda iqtidorli sportchilarga diplom va medallar taqdim etildi.
Yoshlar Olimpiadasi chempioni, yoshlar o'rtasidagi Jahon va Osiyo chempioni Abdumalik Xalakov, shuningdek professional bokschimiz Olimjon Nazarov ham mazkur tadbirda ishtirok etib, yosh bokschilar bilan muloqot qildi. Muxlislar bokschilarimiz bilan suhbatlashib, suratga tushish imkoniga ega bo'lishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar