13 sen 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
O'zbekiston boks terma jamoasi Osiyo o'yinlari oldidan Xitoyda mashg'ulotlarga kirishdi + VIDEO
Boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar hamda ayollar terma jamoalari Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etish maqsadida Xitoyga yo'l olgan edi.
Terma jamoamiz bugun Xitoyda ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Bu haqda erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev o'z Instagram sahifasida malum qildi.
Qayd etish joiz, O'zbekiston boks federaciyasi Osiyo o'yinlari uchun birinchilardan bo'lib o'z tarkibini elon qildi. Tarkibdan Hasanboy Do'smatov, Bahodir Jalolov kabi etakchi bokschilar o'rin olganini takidlash lozim.
Havola :
Manba : instagram.com/tulkin_kilichev
Fikrlar