So’nggi yangiliklar

08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0 07:32ММАчиларимиз IMMAF жаҳон чемпионатида 8 та медаль қўлга киритишди 0 07:01"Барселона" Ферминнинг дубли эвазига Мадридда "Атлетико"ни мағлуб этди 0 23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0

26 apr 14:25
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston boksi tarixida ilk marotaba jahon chempioni bo'lgan qizga "Nexia 3" avtomobili sovg'a qilindi (FOTO + VIDEO)

Yaxshi bilasiz, o'zbek boksi jahonda o'z o'rniga ega.

O'zbekiston o'g'lonlarining jahon ringlaridagi zafarli yurishlariga butun dunyo tan berib ulgurgan.

Ammo tan olish lozim, qizlarimiz jahon arenalarida bungacha yirik musobaqalarda g'olib bo'lolmagandilar. Bungacha. 23 aprel kuni yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ushbu nohush "anana" buzildi. Polsha mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina O'ktamova barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo'ldi va o'zbek boksi tarixida birinchi jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi.

SHu munosabat bilan bugun, 26 aprel kuni O'zbekiston boks federaciyasida o'ziga xos tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda O'zbekiston turizm va sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov, Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari va O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, jahon chempioni Nigina O'ktamova, uning murabbiylari va yaqinlari, shuningdek OAV xodimlari ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida o'zbek boksi tarixida yangi sahifa ochgan jahon chempioni Nigina O'ktamovaga maxsus sovg'a - "Nexia 3" avtomobili tantanali tarzda sovg'a qilindi. 

Bokschimiz ushbu etibordan xursand ekanligi yashirib o'tirmadi:

"Ushbu ko'rsatilgan etibordan benihoya xursandman. Bu mamlakatimizda sportga, hususan boksga qaratilayotgan katta etiborning samarasi. Biz yoshlarga ishonch bildirib, barcha sharoitlarni yaratib berayotganliklari uchun Prezidentimizga, Turizm va sport vazirligiga, Milliy olimpiya qo'mitasi va albatta O'zbekiston boks federaciyasiga minnatdorchiligimni bildiraman", - dedi Nigina O'ktamova.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing