15 mar 17:11
Yangiliklar
Dzyudo, Futbol
O'zbekiston chempionati nomalum muddatga qoldirildi
16-19 mart kunlari Namangan shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan O'zbekiston chempionati nomalum muddatga qoldiriladi.
Bunga bugun O'zbekistonda rasman aniqlangan koronavirus sabab bo'lgan. Bugun O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o'tkazilgan tezkor yig'ilishda mamlakatimizdagi barcha ommaviy tadbirlar, xususan sport musobaqalari ham vaqtinchalik muddatga bekor qilinishi haqida qaror qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq 2000-2001 yillarda tavallud topgan yoshlar o'rtasida Namanganda o'tkazilishi kutilayotgan O'zbekiston chempionati ham bekor qilindi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar