04 noy 17:21
Yangiliklar
O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlik muhokama qilindi
Aniqrog'i, 21-23 dekabr kunlari Toshkent shahri kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi. Yilning so'nggi musobaqasiga bo'lgan qiziqish hozirning o'zida yuqori. Boisi, chempionatda Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonovdan tashqari barcha terma jamoa dzyudochilari ishtirok etadi. Bu Federaciya tomonidan majburiy qilib qo'yilgan. Aks holda dzyudochi terma jamoadagi o'rnini yo'qotadi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasida aynan mamlakat chempionatiga ko'rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan ishchi guruhning ilk kengaytarilgan yig'ilishi o'tkazildi. Federaciya raisi o'rinbosarlari Jahongir Tillaev, Zafar Qahramonov, bosh kotib Nodir G'oyibnazarov boshchilik qilgan yig'ilishda musobaqaga tayyorgarlik, tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Fikrlar