30 sen 20:39
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston chempioni prof boksdagi uchinchi jangini o'tkazadi
Boks bo'yicha O'zbekiston chempionatining 2019 yilgi chempioni Odiljon Aslonov prof ringdagi uchinchi jangini o'tkazadi.
Murabbiy Ravshan Xodjaevning olamsport.com sayti muxbiriga xabar berishicha, Aslonov 17 oktyabr kuni Ekaterinburg shahrida ringga ko'tariladi.
Hozircha jangda bokschimizga kim raqiblik qilishi nomalum.
Eslatib o'tamiz, Aslonov shu kungacha prof boksda ikkita jang o'tkazgan va ularning har ikkisida ham g'alaba qozongan. Janglarining bittasini u nokaut evaziga o'z foydasiga hal qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar