So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

14 iyu 16:57
Yangiliklar

Tennis

O'zbekiston Davis Cup - Group III turniridagi ishtirokini boshlash arafasida

Ertaga Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tennis bo'yicha erkaklar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchinchi guruh bosqich bahslari start oladi.

Unda Dmitriy Tomosheevich sardorligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Tajribali mutaxassis Petr Lebed jamoa bosh murabbiyi sifatida Malayziyaga yo'l olgan. Guruh bosqichida vakillarimiz Singapur, Filippin va Iordaniya terma jamoalariga qarshi kortga chiqadi. Bizning vaqt bilan ertaga tonggi soat 07:00da Singapurga qarshi uchrashuv boshlanadi. 

Terma jamoamiz tarkibidan Sergey Fomin, Amir Milushev, Abdulaziz Usmonjonov va Damir Abdusamadov joy olgan. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov bu safar tarkibga jalb etilmagan.   

Taqqoslash uchun, O'zbekiston ayni paytda Jahon reytingida 68, Singapur esa 89-o'rinni egallab turibdi. Birinchi raketkamiz Sergey Fomin ATP reytingida 295, Singapurning birinchi raqamli tennischisi Bill CHen 1373-o'rinni band etgan. 

Malumot uchun, terma jamoamiz Devis Kubogida Nigeriya, Gonkong, Bosniya va Gercegoviniyadan qabul qilib olingan ketma-ket uchta mag'lubiyatdan keyin Osiyo-Okeaniya mintaqasida uchinchi guruhga tushib ketdi. So'nggi g'alabamiz 2024 yil sentyabr oyida Estoniyaga qarshi uchrashuvda qo'lga kiritilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing