So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

22 noy 14:31
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kunchiqar mamlakat nigohida

Yaponiyaning Xalqaro Aloqalar Agentligi Toxoku Markazi xodimi Xitomi Isava xonim va bir guruh Kunchiqar yurtdan tashrif buyurgan mehmonlar O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida mehmon bo'lishdi.

Mehmonlar orasida “So-innovation laboratory” tashkiloti ijrochi direktori janob Daysuko Xashimoto, Yaponiya Takkyu-volley federaciyasi vice-prezidenti va targ'ibot qo'mitasi raisi janob Yuji Xorikava hamda JAYKAning O'zbekistondagi vakolatxonasi loyihalar koordinatori Farhod Qurbonov ham bor edi. Mehmonlarni universitet rektori, professor Mahmudjon Boltaboev kutib oldi. Dastavval mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

SHundan so'ng 2019 yil 21 noyabrdan 2 dekabrgacha “Imkoniyati cheklangan insonlarni sport bilan shug'ullanish orqali ijtimoiy moslashuvini qo'llab-quvvatlash” mavzusida seminar-trening o'tkazish va tashkilot rahbarlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish yuzasidan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda “Imkoniyati cheklangan insonlarni sport orqali ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni tashviqot qilish” bo'yicha o'zaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish hamda seminar-trening mashg'ulotlarini o'tkazishdagi tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida talabalarga yaponiyalik mutaxassislar tomonidan Takkyu-volley sport turi bo'yicha master-klass tashkil etildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu seminar-trening mashg'ulotlari 3 kun davomida, 25 noyabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida, keyingi seminar-trening mashg'ulotlari esa 26-27 noyabr kunlari Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing