So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

21 noy 15:04
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida seminar-trening tashkil etiladi

Teglar :  O'zbekistonSeminar
21 noyabrdan 2-dekabrgacha “Imkoniyati cheklangan insonlarni sport bilan shug'ullanish orqali ijtimoiy moslashuvini qo'llab-quvvatlash” nomli seminar-trening bo'lib o'tadi.

Mazkur seminar-trening Yaponiya Xalqaro Aloqalar Agentligi (JICA), O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti xamda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamkorligida tashkil etiladi.

Uchrashuv davomida “Imkoniyati cheklangan insonlarni sport orqali ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni tashviqot qilish” bo'yicha universitet va malaka oshirish markazi bilan o'zaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.

Ushbu seminar-trening mashg'ulotlari 3 kun davomida, birinchi 25 noyabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida, ikkinchi seminar trening 26-27 noyabr kunlari Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Seminarg'treningga Yaponiyaning etuk mutaxassislari Yaponiyaning Xalqaro Aloqalar Agentligi Tohoku Markazi xodimi Xitomi Isava xonim, “So-innovation laboratory” tashkiloti ijrochi direktori janob Daysuko Xashimoto xamda Yaponiya Takkyu-volley federaciyasi vica-prezidenti va targ'ibot qo'mitasi raisi janob Yuji Xorikava xamda Jaykaning O'zbekistondagi vakolatxonasining loyihalar koordinatori Farhod Qurbonov tashrif buyuradi. 

Tashrif yuzasidan dastur ishlab chiqilgan bo'lib, unda dasturga muvofiq seminar-treninglar o'tkazish va tashkilot rahbarlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish yuzasidan uchrashuvlar o'tkazish rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing