19 fev 11:56
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Milan-Kortina-2026
O'zbekiston delegaciyasi Milan va Kortina-2026 qishki Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi
SHort-trekchimiz Daniil Eybog 18 fevraldan 19 fevralga o'tar kechasi Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o'yinlaridagi navbatdagi chiqishini amalga oshirdi.
Hamyurtimiz 500 metr masofaga kechgan chorak final bahsida 5-bo'lib marraga keldi.
Afsuski, bu Eybogga yarim finalga chiqish uchun kamlik qildi va u shu nuqtada ishtirokini tugatdi.
SHunday qilib, tog' chang'ichimiz Medet Nazarov ham, short-trek ustasi Daniil Eybog ham Oq Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi. Milan va Kortinadagi sarguzashtlar nihoyasiga etdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar