16 okt 10:11
Yangiliklar
O'zbekiston delegaciyasining dastlabki guruhi Xanchjouga jo'nab ketdi
Xanchjou-2022 yozgi Para Osiyo o'yinlarida delegaciyamiz katta tarkib – 11 sport turida 108 nafar para atlet bilan ishtirok etadi. “Qita Paralimpiadasi”da vakillarimiz para shaxmat, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para velosport, para taekvondo va para stol tennisi dasturlarida debyut qilishadi.
Musobaqa davomida para o'q otish, para stol tennisi, para engil atletika, para dzyudo, para taekvondo, para pauerlifting, para velosport, para kanoe, para akademiya, para suzish dasturlarida para atletlar medallar qatori Paralimpiya o'yinlari licenziyalari hamda reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishadi.
O'zbekiston delegaciyasining Para Osiyo o'yinlari tarixida eng yaxshi natijasi 2018 yil Jakarta-Palembang (Indoneziya)da o'tgan O'yinlarga to'g'ri kelib, mamlakatimiz umumjamoa hisobida oltinchi o'rinni egallagandi. Medallar jamg'arish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichimiz ham 5 yil avval Indoneziyada o'tgan III yozgi Para Osiyo o'yinlariga to'g'ri keladi. Unda delegaciyamiz 33 ta oltin, 24 ta kumush va 18 ta bronza, jami 75 ta medal jamg'argan edi.
Malumot o'rnida Para Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi 22 oktyabr kuni o'tkaziladi. Asosiy O'zbekiston sport delegaciyasi 20 oktyabr kuni Xanchjouga yo'l oladi.
Fikrlar