So’nggi yangiliklar

10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0

24 fev 09:48
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston Dyusseldorfda 120 davlat orasida UCHINCHI bo'ldi

Xabar berganimizdek, 21-23 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tdi.

Yilning hisob bo'yicha ikkinchi "Katta Dubulg'a" musobaqasida sayyoramizning 5 qitasi 120 davlatidan jami 718 (427 erkak, 291 ayol) dzyudochi, ular qatorida 15 nafar o'zbekistonlik polvonlar ham turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi. 

Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra kutilganidek Yaponiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari 8 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakka peshqadam bo'lishdi. Gruziya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Agar +100 kg vaznda Guram Tushishvili oltin medalni qo'lga kiritmaganida, umumjamoa hisobidagi ikkinchi o'rin O'zbekistonga nasib etardi.

Davlat Bobonov (-90 kg) va Muhammadkarim Hurramov (-100 kg) tomonidan qo'lga kiritilgan 2 oltin medal O'zbekiston terma jamoasiga kuchli uchlikdan joy olish imkonini berdi. Bir nafardan chempionga ega Franciya va Kanada terma jamoalari beshlikni yakunlab berishdi. Aynan mana shu 5 davlat sportchilariga musobaqaning oltin medallari nasib etdi. 

O'n to'rtta davlat terma jamoalari kamida bittadan kumush, 22 mamlakat dzyudochilari esa kamida bitta bronza medaliga ega bo'lgan. Qolgan 98 davlat delegaciyalari ortga medalsiz qaytishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing