So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

30 dek 19:56
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo Federaciyasi tanlov elon qiladi

O'zbekiston dzyudo Federaciyasi o'zining yangi logotipini yaratish bo'yicha tanlov elon qiladi.

Federaciya dzyudoni ommalashtirish hamda o'z ishlash imidjini o'zgartirish bo'yicha qator yo'nalishlarda yangiliklarni amalga oshirishni maqsad qilgan. SHu jumladan, federaciyaning hozirgi logotipini o'zgartirish ham ko'zda tutilgan. Logotip o'zbek, rus va ingliz tillarida aks etishi shart. Loyihada asosiy g'oya sportchilarni doimiy tarzda g'alabaga undashga qaratilishi kerak. Logotip rangi hamda yozuv shriftlari O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i bilan hamohang bo'lishi, shuningdek unda g'alaba, kuch-quvvat, yoshlik, harakatchanlik, dzyudo falsafasi ko'zga tashlanib turishi lozim. 

Federaciya logotipi tashkilot sovg'alari, brend mahsulotlari va shu kabi jihatlarga mos tushishi kerak. Yangi logotipning ko'rinishi jihatidan hozirgisini umuman takrorlamasligi, unga o'xshamasligi talab etiladi. 

Tanlov uchun taqdim etilgan barcha ishlar O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati vakillaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va baho beriladi. Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. 

Eng yaxshi deb topilgan logotip egasiga sovg'a sifatida iPhone 11 telefoni taqdim etiladi. Tanlov uchun ishlar 1 yanvardan 10 yanvargacha uzbjudofed@gmail.com elektron manzilida qabul qilinadi.

Tanlov bo'yicha batafsil malumotlarni quyidagi telefon raqami yoki elektron pochtaga xabar jo'natish orqali olishingiz mumkin:

 +998712326231

E-mail uzbjudofed@gmail.com


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing