10 iyu 07:44
Yangiliklar
Triatlon
O'zbekiston franciyalik triatlonchini mahalliylashtirdi + FOTO
Triatlon bo'yicha ko'plab xalqaro turnirlar g'olib va sovrindori, Franciya chempionati kumush medali sohibi Jeremi Kuindos endilikda O'zbekiston sharafini himoya qiladi.
U O'zbekiston terma jamoasi uchun o'zining ilk musobaqasida ham ishtirok etib ulgurdi. Kuindos 6 iyul kuni Qozog'istonning Kokshetau shahrida bo'lib o'tgan Osiyo kubogida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Jeremi Kuindos 2011-2023 yillar davomida Franciya terma jamoasi azosi sifatida bir qancha musobaqalarda ishtirok etib, g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan. 33 yoshli sportchi jahon triatlon reytingida 341-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Osiyo qitasining yangilangan reytingida 45-o'ringa joylashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar