21 iyu 14:47
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston futzal MTJ KONKAKAFning 3-raqamli termasiga qarshi o'ynaydi
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Yurtimizda o'tadigan mundialga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi — Gvatemalaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi. O'yinlar 11, 12 iyul kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi.
O'zbekiston yangilangan dunyo reytingida 23-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Gvatemala terma jamoasi reytingda 33-pog'onani band etgan.
Malumot o'rnida, Gvatemala KONKAKAFda Kosta-Rika va Panamadan keyingi eng kuchli uchinchi jamoa sanaladi.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha mundial 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : ЎФА матбуот хизмати
Fikrlar