So’nggi yangiliklar

19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0 17:04Эркин курашчиларимиз Туркиядаги халқаро турнирда қатнашади, Разамбек ҳам таркибда 0 16:17Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги санаси маълум бўлди 0 15:36Возинья, Кукурелья, Олисе, Мбаппе, Месси… ФИФА ЖЧ-2026 рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 15:01Магомед Анкалаев Богдан Гусков билан жангни «машғулот» деб атади 0 14:33Осиё чемпионати. Синхрон сузиш баҳсларида 2 та олтин медал қўлга киритилди 0 13:58Бивол Бетербиевга қарши жанг учун WBO чемпионлик камарини бўшатиши мумкин 0 13:27Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Ўйинларида қийин гуруҳдан жой олди 0 12:48Богдан Гусков Анкалаев билан жанг тўғрисида: "Бу мен учун навбатдаги имтиҳон" 0 12:05Ганбол бўйича аёллар термамизнинг Осиё ўйинларидаги рақиблари аниқланди 0 11:27Анкалаев Гусков билан жанги ҳақида: «У барчасини тушуниб етади» 0 10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0

24 dek 18:52
Yangiliklar

Gandbol

O'zbekiston gandbol federaciyasi rahbariyatida o'zgarish bo'ldi

Teglar :  Gandbol
Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirokida mamlakat gandbol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi tashkil etildi.

Unda federaciyaga yangi rahbar saylandi va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejasi ko'rib chiqildi.

Bo'lajak Olimpiya o'yinlariga jamoaviy sport turlarida ko'proq licenziya olish O'zbekiston delegaciyasi oldidagi ustuvor vazifalardan sanaladi. SHu bois, mazkur yo'nalishdagi sport federaciyalarining faoliyatini jonlantirish talab etilardi.

Tadbirda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning bosh direktori, O'zbekiston Qahramoni Sanoqulov Quvondiq Sanoqulovich nomzodi O'zbekiston gandbol federaciyasi raisi lavozimiga ilgari surildi. O'z navbatida, Sport vaziri Adham Ikramov sport sohasida ham ulkan tajribaga ega bo'lgan, bir necha yillar davomida mamlakat suzish federaciyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Quvondiq Sanoqulovich haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi. Delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan maqullashdi va Q.Sanoqulov mamlakat gandbol federaciyasi raisi lavozimiga saylandi.

Yig'ilish davomida O'zbekiston gandbol federaciyasining Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejasi atroflicha ko'rib chiqildi. Unda rasmiylar bo'lajak Olimpiya o'yinlarida jamoaviy sport turlarida ham yo'llanma olish muhim ekani, buning uchun barcha terma jamoalarimizga kerakli sharoitlar yaratib berilishi haqida to'xtalib o'tishdi. Taqdimotda erkaklar va ayollar terma jamoalarimizning bu boradagi imkoniyatlari o'rganildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing